14 Aprel 2023 yil 1002

Tanqidiy-tahlil ruhida

Jizzax viloyatidagi hududiy IIB larda soha vakillarining joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar faoliyati tahliliga bag’ishlangan yig’ilishlar bo’lib o’tmoqda. Dastlabki shunday tadbirlar Mirzacho’l, Do’stlik va Arnasoy tumanlarida tashkil qilindi.

Jizzax viloyati IIB boshlig’ining o’rinbosari, JXX boshlig’i, podpolkovnik Rahmatulla Bo’riyev rahbarligidagi yig’ilish avvalida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida erishilgan natijalar e’tirof etilib, yo’l qo’yilgan kamchiliklar tanqid qilindi. SHu ma’noda ko’tarilgan har bir masala yuzasidan sohaviy xizmatlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

Tadbir davomida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Xodimlarning ish samaradorligini oshirish, shuningdek har bir rahbar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko’rsatishi, qo’l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna bo’lgan holda xizmatni tashkil etishi zarurligi tushuntirildi. SHu bilan birga kriminogen vaziyat og’ir bo’lgan mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, bu borada “mahallabay”, “oilabay” va “fuqarobay” ishni tashkil etish lozimligi qayd etildi.

Yig’ilishda 3- sektor hududida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Bajarilayotgan ishlarni jonlantirish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Qisqasi o’tkazilgan muhokamalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech