18 Oktyabr 2021 yil 651

Tanish firib berganda...

Jizzax viloyati Baxmal tumani Navbahor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi bir necha fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Mo’g’ol qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi tanishi firib berganligini bildirishdi.

Ma’lum bo’lishicha, 2019 yilning iyun’ oyida mo’g’ollik shaxs Janubiy Koreyaga ishga jo’natishni va’da qilib, ulardan 76 million 700 ming so’m olgan.

Janubiy Koreyaga ketish bilan bog’liq orzulari ushalmagan navbahorliklar tanishdan pullarini talab qilishdi. Iltimoslar natija bermagach, ichki ishlar organlariga ariza yozilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.       

Text to speech