16 Dekabr 2022 yil 435

Targ’ibot natijasida...

Ichki ishlar organlari xodimlari o’qotar qurollarga noqonuniy egalik qilish hamda ushbu qurollardan noto’g’ri foydalanish oqibatlari to’g’risida targ’ibot tadbirlarini muntazam o’tkazmoqdalar. Bu yo’nalishdagi sa’y-harakatlar natijasida G’allaorol tumanining Tinchlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi O.Q. 1 stvolli “KRAL MOD N-04” rusumli, pnevmatik o’qotar qurolini ichki ishlar organlariga o’z ixtiyori bilan bilan topshirgan.

Ana shu tartibda SHarof Rashidov tumanining Mirzo Bobur mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi B.A. bir stvolli “MP-512” rusumli hamda mazkur tumanning Toshkentlik mahallasida yashovchi M.M. 1 stvolli, “Ij-38” rusumli pnevmatik qurollarini topshirganlar. Ushbu yarog’larning barchasi 4,5 kalibrli. Holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech