Tashvishga teng loqaydlik
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax viloyatining cho’l tumanlaridagi fermer xo’jaliklari dala maydonlari ko’zdan kechirilmoqda. Bu tadbirdan ko’zlangan maqsad qarovsiz holda o’sayotgan kannabis giyohvand ekinlarining yo’q qilinishiga erishishdir.
CHunonchi, Do’stlik tumani Mamajon Dadajonov suv iste’molchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xo’jaligi dalasida 23 metr kvadrat yerda 75 tup kannabis borligi aniqlandi. Endi Do’stlik tumanining Bunyodkor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, fermer xo’jaligi rahbariga nisbatan qonunda belgilangan chora ko’riladi.
Xuddi shunday, Mirzacho’l tumani Paxtazor suv iste’molchilar uyushmasi tarkibidagi fermer xo’jaligi dalasining 4 metr kvadrat maydonida 22 tup kannabis qarovsiz holda o’sayotganligi aniqlandi. Tumanning Paxtazor shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi, fermer xo’jaligi rahbariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.