6 Iyun 2024 yil 4021

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o`qishga qabul qilish bo`yicha tanlov e’lon qilinadi

Tanlov tadbirlari O`zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to`g`risida»gi Qonuni va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida o`tkaziladi.

Nomzodlarga qo`yilgan talablar:

-  O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lishi;

-  Jizzax viloyatida doimiy ro`yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo`lmagan, shu jumladan 30 yoshdagi ham;

- Erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o`tagan bo`lishi (zahiradagi ofiserlar tarkibi qabul qilinmaydi);

Oliy ma’lumotga ega bo`lishi.

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida joriy yilda Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining quyidagi yo`nalishlari bo`yicha mutaxassisliklar tayyorlanadi:

- Yo`l-patrul faoliyati (bo`yi erkaklar 175sm);

- Jamoat tartibini saqlash faoliyati (bo`yi erkaklar 170 sm)

- Pasport tizimini taʼminlash faoliyati (boʻyi erkaklar 165 sm);

- Maxsus operатsiyalarni amalga oshirish faoliyati (bo`yi erkaklar 165 sm)

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o`qishga kirish istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan 2024 yilning 01 iyun kunidan 01 iyul kuniga qadar (soat 09:00 dan 17:00 gacha) O`zbekiston Respublikasi IIV Jizzax akademik litseyiga (Jizzax shahar, Sayiljoyi MFY, To`raqulov ko`chasi, 14-uy) kelishlari so`raladi:

•  fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);

•  harbiy guvohnoma asl nusxasi;

•  bakalavr diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);

Qo`shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (72) 226-79-73; (72) 226-79-26

Telegramm kanali: “Kasbiy_2” – dan axborot olib borishingiz mumkin

Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro`yxatiga kiritilmaydi.

Text to speech