Telefon o’g’rilari ushlandi
G’allaorol tumani 1- Qangli mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi G’.O’. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tumanning Madaniyat mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan unga tegishli do’kondan qiymati 2 million 800 ming so’mlik 2 dona uyali aloqa vositasi hamda 2 million 220 ming pul o’g’irlab ketilganligini bildirgan.
Jinoyat do’kon eshigini buzish yo’li bilan amalga oshirilgan. Ko’p o’tmay hududda yana bir do’konning eshigi buzilgani ma’lum bo’ldi.
O’g’rilar SHarof Rashidov tumani Qo’shbarmoq qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi T.K.ga tegishli do’kondan 12 million 600 ming so’mlik 7 dona uyali aloqa vositasi olib ketishgandi.
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o’g’irliklarlarni Zarbdor tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi YA.O’., Zomin tumani Oqtepa mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi SH.Q. hamda Toshkent viloyati Bekobod tumani YAngihayot mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi S.M. sodir etganligi aniqlandi.
Ayblanuvchilardan daliliy ashyo sifatida 1 dona otvyortka, 2 dona niqob, 4 dona uyali aloqa vositasi hamda 450 ming so’m pul hujjatlashtirib olingan.