9 Aprel 2022 yil 399

“Temur tuzuklari bilimdoni” ko’rik-tanlovida yoshlar o’zaro bellashdi

Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida ulug’ hukmdor va sarkarda Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklari bilimdoni” ko’rik-tanlovi va sport musobaqalari bo’lib o’tdi. Ko’rik-tanlovi qatnashchilari tanishtiruv, “Temur tuzuklari”, tezkor savollar va javoblar hamda Amir Temur hayotini ifodalovchi videoroliklar shartlari bo’yicha bilimlarini namoyish qildilar.

Tanlovda asosiy e’tibor “Temur tuzuklari”ning mazmun-mohiyatiga qaratildi. SHu bilan birga ulug’ hukmdorning hayoti, siyosiy faoliyati, u tuzgan ulkan davlat, temuriylar, sarkarda ta’sirida qoldirilgan ilmiy, madaniy va me’moriy me’rosga oid masala va mavzular o’quvchilar diqqat markazida bo’ldi. YOshlar o’rtasida ushbu sana munosabati bilan harbiy sport musobaqalari ham tashkil qilindi. Bu jarayonda ular jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig’ish, granata uloqtirish, stol tennisi, to’sinda tortilish bo’yicha kuch sinashdilar.

Mazkur tadbirlar ayni vaqtda ichki ishlar organlari tizimida o’tkazilayotgan ma’naviyat oyiligi doirasida “Vatanga xizmat qilish – oliy burchimiz shiori” ostida uyushtirilgan.

Text to speech