6 Oktyabr 2023 yil 1668

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalari bilan muloqot qildi

O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar ishlar vaziri o`rinbosari, tergov departamenti boshlig`i, polkovnik Yahyojon Abdulxakov Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi va uning hududiy bo`linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalari bilan uchrashdi. Ochiq muloqot tarzida o`tgan mazkur tadbirda xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, soha moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ma’lum qilindi. 

Shuningdek, xodimlarning kasbiy madaniyat va xizmat intizomi qoidalariga qat’iy rioya etishlari, yosh xodimlarning yurish-turishi, xulq-atvorini nazorat qilib borish, nojo`ya xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishda ota-onalarning o`rni muhim ekanligi qayd etildi. 

Muloqot davomida vazir o`rinbosari tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalariga vatanvatanparvar va sadoqatli farzand tarbiyalab, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdorlik bildirdi. 

Shundan so`ng ichki ishlar organlari, xususan, tergov sohasida xizmat qilgan podpolkovnik Azim Tilabovni nafaqaga kuzatish marosimi o`tkazildi. Jarayonda el-yurt osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, yuklatilgan xizmat vazifalariga to`liq yondashgan holda kasb mahoratini namoyon etib, boshqa hamkasblariga namuna bo`lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga esdalik sovg`alar topshirildi. 

Uchrashuv yakunida xodimlarning ota-onalari viloyat ichki ishlar organlari tarixi muzeyi faoliyati bilan tanishishdi. 


Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech