28 Yanvar 2023 yil 285

Tergov faoliyati tahlil etildi

Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo’linmalari tomonidan 2022 yilda amalgan oshirilgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshqarma boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik Ulug’bek Saydullayevich va Tergov boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik SHerzod Rustamovichlar tomonidan o’tkazilib, salbiy ko’rsatgichga yo’l qo’ygan tergov rahbarlarining axboroti tinglandi.

Tergov boshqarmasi boshlig’i podpolkovnik SHerzod Rustamovich Tergov deparmamenti tomonidan yuborilayotgan ko’rsatma va topshiriqlarni o’z vaqtida, sifatli ijrosini ta’minlash, 2022 yil davomida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni takrorlamaslik, ijrochilik va xizmat intizomini ta’minlash maqsadida Kompleks chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligini, kelgusida ish faoliyati ushbu reja asosida tashkil etilib ijobiy natijalarga erishilishini ta’kidlab o’tdi.

Yig’ilish davomida mehnat jamoasida sog’lom muhit yaratib, ishni to’g’ri tashkil etganliklari natijasida ijobiy ko’rsatgichlarga erishgan tumanlar tergov rahbarlari hamda ish ko’rsatgichlari bilan hamkasblariga o’rnak bo’lib kelayotgan 31 nafar nafar tergovchi va surishtiruvchilarning yutuqlari e’tirof etilib, ular Tergov departamenti va viloyat Ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliq, pul mukofoti va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi hamda ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.

SHuningdek yig’ilishda xodimlarda vatanparvarlik, kasbga sadoqat, jasurlik kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan videorolik namoyish etildi.

Joriy yil Tergov departamenti tomonidan “Tergov sifatini oshirish yili” deb belgilanganligidan kelib chiqib, tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari yuzasidan o’z vaqtida qonuniy qarorlar qabul qilinishiga alohida e’tibor qaratilishi, xodimlarning bilim va ko’nikmalarini oshirib borish maqsadida doimiy ravishda o’quv mashg’ulotlari o’tkazib borilishi, maslahat kengashining faoliyatini jadallashtirish zarurligi ta’kidlab o’tildi.

 

Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi.

Text to speech