Tez kunlarda yangilangan MMT foydalanishga topshiriladi
Jizzax
viloyati IIB 40- sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti to’liq rekonstruksiyadan chiqarildi.
Ta’lim-tarbiyaga oid uslubiy tavsiyalar va ta’limga oid ma’lumotlarni aks ettiruvchi
pannolarni devorlarga o’rnatish ishlari yakunlanishi bilan bino foydalanishga topshiriladi.
SHu ma’noda viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov maktabgacha ta’lim
tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ma’lumot
o’rnida aytish kerak, 310 o’rinli mazkur muassasa 12 ta mashg’ulot xonasi va yana
shuncha yotoqxonaga ega. Mazkur xonalar barcha zaruriy anjom va qurollar bilan ta’minlangan.
Hovlida cho’milish havzasi, 2 ta sport maydonchasi hamda yo’l harakati xavfsizligi
maydoni mavjud. Binoning ichki qismida musiqa xonasi, 2 ta sport zal bor. Zallardan
biri yo’l harakati xavfsizligi qoidalarini o’rgatishga ixtisoslashtirilgan.
Muassasa
imkoniyatlariga mos ravishda oshxona ham qulay va shinam. SHuningdek, logoped, psixolog
kabi xodimlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bino hududi bugungi kun talablari
darajasida obodonlashtirilgan. Qolaversa, 60 dan ortiq kuzatuv kameralari hududni
qamrab olgan, bu uskunalar ovoz yozish xususiyatiga ega. Tabiiyki, yong’in xavfsizligi
va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga doxil chora-tadbirlar belgilangan.
Jizzax
viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i bino sharoitlari bilan tanishish jarayonida
tashkilot hovlisiga manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazish, hududni tunda yoritish,
muassasadagi kuzatuv qurilmalarini ichki ishlar organlari vaziyatlar markaziga integratsiya
qilish yuzasidan tavsiya va topshiriqlarini berdi. Tez kunlarda yangilangan MMT
foydalanishga topshiriladi