20 Yanvar 2024 yil 1824

Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarlari boshchiligida bir guruh etuk mutaxassislar Jizzax viloyati IIB tibbiyot bo`limida soha xodimlari, faxriylar va ularning oila a’zolarini tibbiy ko`rikdan o`tkazishdi.

Mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 26 yanvardagi “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” hamda “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlari ijrosi doirasida tashkil etilgan ko`rikda murojaatchilarning salomatliklari ko`zdan kechirildi.

Jarayonda shifokorlar tomonidan kasalliklarga davo muolajalari olish tavsiya qilinib, ko`rsatmalarga rioya qilish, sog`lom turmush tarzi talablariga amal qilish lozimligi ham tushuntirildi.

Text to speech