“Tinchlik” mahallasi obod maskanga aylanadi
Jizzax viloyati
ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i aholi muammolariga echim topish, hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida joylarda aholi va mas’ullar bilan
muloqot qilmoqda. Xususan, 3- sektor rahbari Zafarobod tumani “Tinchlik”
mahallasida bo`lib, aholi punktida “Obod xonadon”, “Obod ko`cha” va “Obod
mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan
tanishdi.
Tuman
mutasaddilari bilan birga aholining tadbirkorlik tashabbuslarini
qo`llab-quvvatlash, infratuzilmani yanada yaxshilash bo`yicha rejalangan va shu
asosida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ehtiyojmand oilalarga zarur
yordam ko`rsatish, temir-beton ustunlar hamda transformatorlar o`rnatish,
elektr tarmog`i tortish, ko`chalarni shag`allashtirish, sizot suvlari chiqib
ketishi uchun ariqlar qazish, piyodalar yo`laklari qurish ishlarini
jadallashtirish lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga bolalar va sport
maydonlari barpo etish bo`yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi.
Ko`cha
yuzasidagi noqonuniy qurilmalarni buzish, aholi xonadonlarida zarur turmush
sharoitini yuzaga keltirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Manzarali va
mevali daraxt ko`chatlari o`tqazish, obodlik ishlarida aholi ishtirokini
oshirish bo`yicha ham ko`rsatmalar berildi.
Ta’kidlash joiz,
700 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan mahalladagi obodlik ishlari
Navro`z umumxalq bayrami arafasida yakunlanishi ko`zda tutilgan. Ushbu ishlar
natijasida hudud infratuzilmasi yaxshilanib obod maskanga aylantiriladi.