7 Oktyabr 2023 yil 1525

To`qqiz oylik yakunlari muhokama qilindi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida tizim vakillarining  qonunbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan 9 oylik faoliyati muhokama etildi. Viloyat IIB, hududiy ichki ishlar boshqarma va bo`limlari hamda sohaviy xizmatlar rahbarlari va ularning o`rinbosarlari ishtirokida o`tgan yig`ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov boshqarib bordi.

Tadbirda jinoyatlar oshishiga yo`l qo`yilgan hududlar ichki ishlar organlari rahbarlarining masalaga oid hisobotlari tinglandi. O`z navbatida mas’ullarga vaziyatni o`nglash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo`l harakati xavfsizligi, tashkiliy hamda jinoyat qidiruv xizmatlari boshliqlarining axboroti eshitildi.

Tadbirda sektorlarda faoliyat samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Tanqidiy ruhda o`tgan yig`ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, rejalar belgilab olindi.

Text to speech