Tormoz qismining ishlamay qolishi oqibatida avtomashinalarga shikast yetkazdi
Buxoro viloyati, Olot tumani, Oqoltin mahallasida istiqomat qiluvchi I.B. 2021 yilning 17- may kuni “Howo” yuk avtomashinasida M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo’li orqali Toshkent yo’nalishida harakatlanadi. Biroq, avtomashina yo’lning SHarof Rashidov tumani hududidagi 989 kilometriga yetganda tormoz qismi ishlamay qoladi. Soat 22:45 larda yuz bergan voqea oqibatida yuk avtoulovi oldinda harakatlanib ketayotgan Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi H.R. boshqaruvidagi “Neksiya”, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi M.N. boshqaruvidagi “Neksiya”, Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi M.O. boshqaruvidagi “Lasetti”, Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi M.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtoulovlarining orqa qismlariga urib texnik shikast yetkazadi.
Engil avtoulovlari salonida bo’lgan Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax shahrida yashayotgan 8 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan. Ularga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialida birinchi tibbiy yordam ko’rsatildi.
E’tiborlisi, ushbu hududda xizmat olib borayotgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi 1- safarbarlik guruhi inspektori, safdor SH.Irmatov xizmat avtoulovi bilan “Howo” yuk avtomashinasining oldida ogohlantirish signali bilan yo’ldan avtoulovlarni yo’l chetiga chiqishlari to’g’risida ogohlantirib boshqa yo’l transport hodisalarining oldini olish va insonlar hayotini saqlab qolishga erishdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati