30 Oktyabr 2021 yil 706

Tovlamachilik qilgan shaxs qo’lga olindi

Taksi faoliyati bugun fuqarolar uchun tezkor xizmat turiga aylandi. Ayni yo’nalishda mehnat qilib, oilasiga daromad keltirish istagida bo’lganlar soni ham ortmoqda.

Biroq mazkur jarayonda kirakashlarning avtoturargohini zo’ravonlik bilan egallab, noqonuniy ravishda haydovchilardan avtomashinalarni tartib bilan joylashtirish, fuqarolarni ushbu avtomashinalarga navbat bilan o’tkazish, ushbu hududning tozaligi hamda yo’lovchilarni begona avtomashinalarga mindirmaslik kabi ishlarni bajarayotganligi vaji bilan har bir qatnov va yo’nalishga kiritish uchun pul undirish holatlari ham uchrab turibdi.

Ichki ishlar vazirligi hamda Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining hamkorlikdagi tadbirlari natijasida ana shunday qonunbuzarlikka chek qo’yildi. CHunonchi, Jizzax shahrining Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro Jizzax shahar markaziy dehqon bozori hududida Zomin tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan Jizzax – Dashtobod - Jizzax yo’nalishida kirakashlik bilan shug’ullanishi uchun jismoniy va ruhiy tazyiq yetkazish orqali 300 AQSH dollari miqdorida pullarni talab qilib olayotgan vaqtda protsessual tartibda qo’lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, huquqiy baho berish uchun sudlovga yuborildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech