Uch avlod uchrashuvi taassurotlarga boy bo’ldi
YAngiobod tumani ichki ishlar bo’limida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Uch avlod” uchrashuvi o’tkazildi. Tadbirda ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib nafaqaga kuzatilgan faxriylar, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, tumandagi 4 ta sektorlar rahbarlari, mahalla raislari ishtirok etdilar.
Uch avlod uchrashuvida so’z olganlar barchani eng ulug’ va eng aziz bayram Istiqlolning 30 yilligi bilan muborakbod etib, mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ko’lamli islohotlar xususida to’xataldilar. Jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan ko’rilayotgan choralar tilga olindi. SHu qatorda xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar ham aytildi hamda yosh xodimlar xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, sadoqat bilan xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida bir guruh soha xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlar ham topshirildi. SHuningdek, elu-yurt tinchligini asrash yo’lida xizmat qilgan xodim tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.
Uyushtirilgan tadbir yosh xodimlar ongida o’z kasbini sevish, Vatanga xizmat qilish va faxriylarga hurmatda bo’lish tuyg’usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati