23 Yanvar 2023 yil 448

Uchinchi chorak o’quvi boshlandi

Bu yilgi qish faslining avvalgi yillarga nisbatan sovuqroq kelishi ta’lim muassasalarida uchinchi chorak o’quvlari odatdagidan kechroq boshlanishiga sabab bo’ldi. Bugundan, ya’ni 23 yanvar’ sanasidan viloyatimizdagi ko’plab ta’lim muassasalari qatori Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida ham mashg’ulotlar belgilangan dars jadvali asosida boshlandi.

Qayd etish joiz, o’quv binosi o’tgan yili to’liq ta’mirlanib, o’quvchilarning bilim olishi uchun barcha qulayliklar yuzaga keltirilgan. SHinam va yorug’ sinfxonalar zamonaviy o’quv jihozlar bilan ta’minlangan. Isitish tizimi ham yangilanib, dars mashg’ulotlarida o’quvchilarning erkin qatnashish imkoni yaratilgan. Buni bugungi dars jarayonlari misolida ham ko’rish mumkin.

YAngidan qurilib, o’quv yili boshida foydalanishga topshirilgan o’quvchilar yotoqxonasi hamda oshxonada ham isitish tizimini barqaror ishlashi uchun barcha choralar ko’rilmoqda. Qisqasi, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida yoshlarning ta’lim olishi uchun barcha qulayliklar muhayyo etilgan. Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov litseyda bo’lib, bino va sinfxonalar hamda o’quvchilar yotoqxonasini isitish jarayonlarini ko’zdan kechirdi. Issiqlikni bir me’yorda ushlab turish bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

Text to speech