26 Fevral 2022 yil 1120

Uchinchi renessansning to’rt uzviy halqasi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. “Uchinchi renessansning to’rt uzviy halqasi” mavzuidagi tadbirda viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda Jizzax davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Akbar Valiyev “Uchinchi renessansning to’rt uzviy halqasi” mavzusida ma’ruza qildi. Notiq boy tarixga ega yurtimizda birinchi Renessans – SHarq Uyg’onish davri IX–XI asrlarda, ikkinchi davri esa Amir Temur va Temuriylar davriga to’g’ri kelganligi, bugungi kunda, O’zbekistonda yangi uyg’onish – uchinchi Renessans davri boshlanganligini qayd etdi. Ushbu fikrlar bugungi kunda yurtimizdagi jadal rivojlanishlar, ta’lim va ilm-fan sohasidagi o’zgarishlar, oddiy hayotimizda ro’y berayotgan yuksalishlar misolida tushuntirildi.

Ta’kidlanishicha, YAngi O’zbekistonning keyingi taraqqiyoti jarayonida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, umumta’lim maktablari faoliyatini yaxshilash, oliy ta’lim tizimini dunyo standartlariga moslashtirish, xalqaro reytinglarga kiritish, o’quv yurtlariga qabul qilishda adolatli tizimni o’rnatish, yurtimizda nufuzli chet el universitetlarining filiallarini ochish kabi ko’plab ishlar olib borilmoqda.

SHuningdek, ichki ishlar organlari uchun munosib kadrlar tayyorlab beradigan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish instituti faoliyatini tubdan yaxshilash bo’yicha ham chora-tadbirlar amalga oshirilganligi tilga olindi.

Yig’ilishda Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’qituvchisi Erkin Ochilov “1 mart taniqli o’zbek shoirasi, jurnalist, jamoat arbobi Zulfiya tavalludining 107 yilligi” mavzusida so’z yuritdi. SHoiraning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib, o’zbek she’riyati rivojiga qo’shgan hissasi e’tirof etildi.

Tadbir davomida qonunchilikdagi yangiliklar xodimlar yetkazilib, bir guruh xodimlarga ijara pullari topshirildi.

Text to speech