26 Noyabr 2021 yil 667

Uchinchi sektor rahbari baxmallik fuqarolar bilan uchrashdi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Baxmal tumani “Tongotar” qishloq fuqarolar yig’inida aholi, xususan, yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida “YOshlar daftari”da ro’yhatda turgan fuqarolarning  1  nafariga  haydovchilik guvohnomasini olish uchun to’lov puli va 9 nafariga oliy ta’lim muassasasining to’lov-shartnoma pulining 25 foizi o’tkazilganligi to’g’risida sertifikatlar, o’zini-o’zi band qilish maqsadida moddiy ko’makka muhtoj 3 nafar xotin-qizlarga mikroto’lqinli pechlar, 6 nafariga elektoropechlar, 10 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. SHuningdek, 16 yoshga to’lgan 5 nafar shaxslarga O’zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari  topshirilib, 5 nafar tashabbuskor yoshlar “Faxriy yorliq” va sovg’alar bilan taqdirlandi.

Muloqotda fuqarolar tomonidan oqova suv, ko’chalarni asfal’t qilish, shag’al yotqizish va elektr ta’minoti, ishga joylashish, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, uy-joyini ta’mirlash, oliy ta’limda o’qish uchun to’lov-shartnoma pullari to’lanishi, suyultirilgan gaz hamda kredit mablag’i ajratilishi kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qilindi.

Qabulda ko’tarilgan har bir muammo bo’yicha tegishli viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari biriktirilib, hal etish choralari belgilandi.

Sayyor qabul so’nggida sektor rahbari tuman hokimi Musa Anorboyev va mas’ullar bilan birgalikda qishloq fuqarolar yig’inining O’ray qishlog’ida Mamarajab SHodiyevning tashabbusi bilan bunyod etilayotgan “YOshlar mehnat guzari” faoliyati bilan tanishdilar. SHu yerda hududda bandlik masalalari, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo’llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga yordam berish masalalari muhokama qilindi. Mavjud muammolarni hal etish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech