9 Dekabr 2022 yil 463

Uchinchi sektor rahbari yangiobodliklar bilan ochiq muloqot

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov YAngiobod tumani Do’stlik mahallasi aholisi va yoshlari bilan uchrashdi.

YAngiobod shaharchasi hududidagi bolalar musiqa va san’at maktabida o’tgan sayyor qabulida tuman sektor rahbarlari, tegishli viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Dastlab 3 nafar ehtiyojmand fuqaroga isitish pechlari, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 4 nafar shaxsga ID karta, “YOshlar daftari”da ro’yxatda turgan 5 nafar yoshlarga moddiy yordam va oliy ta’lim uchun shartnoma to’lovlari o’tkazilganligi to’g’risida sertifikatlar topshirildi. SHuningdek, faol va tashabbuskor yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining faxriy yorliq hamda estalik sovg’alari taqdirlandi.

Sektor rahbari bilan muloqotda aholi o’zlarini qiynab kelayotgan qator muammolarni hal etishda amaliy yordam so’rashdi. Xususan, salomatligini tiklash, jarrohlik amaliyoti, kredit mablag’i ajratilishi, moddiy yordam, shartnoma pulini to’lash, eski maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini ta’mirlash, yo’lni asfal’t qilish, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish kabi masalalar bayon etildi. SHu bilan birga tuman xalq ta’limi bo’limiga bino ajratish, yo’l qurilishi korxonasini maxsus texnikalar bilan ta’minlash bo’yicha murojaatlar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ijrosi bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

3- sektor rahbarining Yangiobod tumanida o’tkazgan sayyor qabulida 20 ga yaqin masala ko’tarilib, mazkur muammolarga mutasaddilar e’tibori qaratildi. Tadbir davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, masalalarni joyida yechish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Text to speech