6 Aprel 2024 yil 3884

Uchqo`rg`on tajribasi joriy qilinadi


Zafarobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 3- sektor mas’ullari tashabbusi bilan tomorqalardan samarali foydalanish, xususan, qulupnay etishtirishni ilg`or uslub va texnologiyalar asosida yo`lga qo`yish bo`yicha seminar uyushtirildi.

Mahallalar ettiliklari, tomorqadan unumli foydalanayotgan fuqarolar, hokimlik va moliya muassasalari vakillari ishtirokida o`tgan tadbir avvalida Namangan viloyatining Uchqo`rg`on tumanidan taklif etilgan omilkor dehqonlar tomonidan ekinni plyonka ostida etishtirish, tomchilatib sug`orishni yo`lga qo`yish, oraliq ekinlarni ekish, ko`chat tayyorlash, issiqxona va ochiq maydonlardan hosil olish, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish, gidroponika usulini qo`llash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tomorqachilikni qo`llab-quvvatlash bo`yicha moliya muassasalari ajratayotgan kreditlar, mahsulotni ichki bozorga chiqarish va xorijga eksport qilish hamda olinajak daromad xususida batafsil so`z yuritildi. Seminar davomida qulupnay etishtirish tajribasini o`zlashtirish maqsadida 12 nafar zafarobodlikni Uchqo`rg`on tumaniga jo`natishga kelishib olindi. O`z navbatida ular mahalla ettiliklari ko`magida mazkur ekin turi etishtirilishini hududda keng joriy qilishlari kerak bo`ladi.

Text to speech