Hududlar obod qilinadi
Joriy yilda Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahallasi obod qilinadi. Rejaga ko’ra, mahalla fuqarolar yig’ini binosi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, savdo va xizmat ko’rsatish markazlari, sport maydonchalari bunyod etiladi. Ayni kunlarda esa yo’llarni tekslash va shag’al yotqizish ishlari davom etayapti. Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilishi va bunyodkorlik ishlarining o’z vaqtida bajrilishini ta’minlash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining shtabi faoliyati ham yo’lga qo’yildi. SHu yerda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i tuman hokimi va mas’ullar bilan hududni obod qilish, infratuzilmani yaxshilash mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qildi va zarur choralar belgilandi.
Tumandagi Nurafshon mahalla fuqarolar yig’ini idorasi o’rta umumta’lim maktabi binosida joylashgan. Ushbu bino ta’mirtalab ahvolga kelgan. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i ushbu maskanda ham bo’lib, binoni ta’mirlash, atrofni obod qilish bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Boshqarma boshlig’i shu kuni YAkkabog’-15 muntazam yo’l putrul xizmati maskanida haydovchilarning erkin harakatlanishini ta’minlash borasidagi ishlarini ham ko’zdan kechirdi. Hozirda ushbu maskanning tungi yoritish tizimini yaxshilash hamda atrofni obod qilish ishlari olib borilayapti.