2 Fevral 2022 yil 555

Hududlardagi muammolar sektor rahbari e’tiborida bo’ldi

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infrtuzilmani yaxshilash borasida joylarda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ko’chalarni ta’mirlash, shag’al yotqizish va asfal’t qilish ishlari jadal olib borilayapti. SHu qatorda ehtiyojmand oilalar qo’llab-quvvatlanib, yangi ish o’rinlari yaratish choralari ko’rilmoqda.

Ayni kunlarda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i joylarda ushbu ishlarning borishi bilan tanishayapti. SHarof Rashidov tumanidagi shunday ishlarni ko’zdan kechirgan 3- sektor rahbari hokim yordamchisi va tuman mas’ullari bilan birgalikda “Oqtosh ota” mahallasi Suvlisoy ko’chasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila Feruza Omonturdiyevaning yashash sharoitini o’rgandi. Xonadonni tabiiy gazga ulash bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Xuddi shunday, mahalladagi ulug’ yoshli insonlar holidan ham xabar olindi. Ularning muammolari tinglanib, zarur yordam ko’rsatilishi ma’lum qilindi.

G’allaorol tumanidagi “Qipchoqsuv” qishloq fuqarolar yig’ini hududi joriy yilda “Obod kishloq” dasturi asosida obod qilinadi. Hozirda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Jumladan, Xitayuz qishlog’ining 4 kilometr ichki yo’llarga shag’al yotqizish ishlari bajarilayapti. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i ushbu ishlarning borishi bilan ham tanishdi va qishloq oqsoqollari bilan suhbatda mavjud muammolari o’rganildi.

Tollisoy qishlog’idagi 13- o’rta umumta’lim maktabining eski binosida maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda xizmat ko’rsatish faoliyati yo’lga qo’yiladi. Buxorolik tadbirkorning ta’kidlashicha, loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 200 million so’m kredit mablag’i tijorat banki tomonidan berilmayapti. Ushbu masala atroflicha o’rganilib, amaliy yordam ko’rsatilishi aytildi. SHuningdek, eski mahalla binosi o’rnida yangi bino quriladigan, hozirda yaroqsiz holga kelgan tuman tibbiyot birlashmasining Solin davolash bo’limi binosi ta’mirlanib, zamonaviy tibbiyot maskaniga aylantiriladigan bo’ldi.

Boshqarma boshlig’i 39- o’rta umumta’lim maktabi binosining bir qismida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti sharoitlari bilan ham tanishdi. 200 o’rinli muassasaning isitish tizimi va mashg’ulot xonalari ko’zdan kechirilib, bolalarga xorijiy tillarni o’rgatish bo’yicha tavsiyalar bildirildi.

SHuningdek, hududdagi dehqon bozoridagi sharoit ham ko’zdan kechirilib, bozorini aholiga qulay joyga ko’chirish va zamonaviy tipda bozor qurish, har bir qishloq ko’chalarida chiqindi to’plash joylarini barpo etish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi. SHu yerda hokim yordamchisi va tuman 3- sektor rahbariga “Obod qishloq” dasturi doirasida bajariladigan ishlarni jadallashtirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish, infartuzilmani yaxshilash bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Baxmal tumanida ham bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishdi. Xususan, chorvachilik, asalarichilik, qurilish metrillari ishlab chiqarish kabi qator loyihalarni yanada kengaytirish, go’sht va sut hamda asal yetishtirish ko’lamini oshirish bo’yicha takliflarini bildirdi. Bu jarayonda yoshlarga yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarni tushuntirish zarurligi uqtirildi.

Tuman 3- sektor rahbari, hokim yordamchilari va mahalla faollariga hudud sharoitidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo’yicha topshiriqlar berildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech