28 Noyabr 2022 yil
618
O’g’irlaganlarini qaytardi
Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi S.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Mustaqillik mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan do’konidagi ayollar sumkasida bo’lgan 220 million so’mlik 29 juft tilla zirak, 20 dona tilla uzuk, 6 dona tilla zanjir va 2 dona kulon o’g’irlanganligini ma’lum qilgan. Jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi 3- mavzeda yashovchi, turmushidan ajrashgan M.B. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Taqinchoqlarning barchasi gumonlanuvchidan hujjatlashtirib olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.