O’g’irlikka barham berildi
2021 yilning 31 avgust kunidan 1 sentyabrga o’tar kechasi SHarof Rashidov tumani Nurafshon mahallasida yashovchi fuqaroning hududdagi dala maydoniga bog’lab qo’yilgan 4 bosh qoramollardan biri yo’qoladi.
Biroq jabrlanuvchi moli o’g’irlanganini xayoliga keltirmaydi. Aksincha, uni dalada izlashda davom etadi. Yo’qolgan molning daragi chiqmagach jabrlanuvchi chorva SHarof Rashidov tumani ichki ishlar bo’limiga murojaat qiladi.
O’g’irlik haqidagi xabar asosida tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari tomonidan qonunbuzarlarni qo’lga olish choralari ko’rildi va o’g’irlik yuz bergan hududda shubhali harakatlangan “Neksiya” avtomashinasi kuzatuvga olindi.
Ushbu mashinada bo’lgan ikki nafar shaxs tungi soat 02:00 larda avval chorva moli o’g’irlab ketgan joydan yana bir bosh qoramolni olib ketayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi. Do’stlik tumanida yashovchi ushbu shaxslardan birining yashash uyi ko’zdan kechirilganda og’ilxonadan yo’qolgan mollardan biri topildi.
Tergov harakatlarida ushbu shaxslar o’zlari bilan bir mahallada yashovchi yana bir fuqaro bilan birgalikda Mirzacho’l, Paxtakor, Do’stlik va Arnasoy tumanlarida ham chorva mollarini o’g’irlashgani oydinlashdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati