17 Noyabr 2022 yil
474
O’g’ri begona emas ekan
Jizzax viloyati Zafarobod tumani Yorqin shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi K.M.ning turar joyidan 2 million so’m hamda 800 AQSH dollari o’g’irlangan.
Bu to’g’rida jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga xabar berdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu qonunbuzarlik K.M.ning amakisi, YOrqin shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi S.Q. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.