12 Iyul 2024 yil 1723

Qurol va o`q-dorilarining noqonuniy aylanmasining barvaqt oldini olishga qaratilgan maxsus profilaktik tadbir o`tkazildi


O`zbekiston Respublikasi IIV hamda DXXning qo`shma qarori asosida Jizzax viloyati hududida qurol va o`q-dorilarining noqonuniy aylanmasining barvaqt oldini olishga qaratilgan maxsus profilaktik tadbir o`tkazilmoqda. Bunda asosiy e’tibor tashkilotlar hamda fuqarolar tomonidan o`qotar qurollarni xavfsiz saqlanishiga qaratilayapti. Zarbdor tumanida olib borilgan tadbirda viloyat IIB JXX JTSB nazorat lisenziyalash faoliyati guruhi hamda O`zbekiston Respublikasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hududdagi o`qotar qurol saqlanadigan ob’ektlar o`rganildi.

Ta’kidlash joiz, bugunga qadar viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan o`q otar quroli bor tashkilotlar va qurol-aslaha sotuvchi ovchilik do`konlari o`rganilgan. Shu qatorda ov quroliga ega fuqarolarning barchasi bilan profilaktik ishlar olib borildi. Tekshiruvlar davomida jami 241 kishi belgilangan talabga rioya qilmaganligi bois ularga ma’muriy choralar ko`rildi. Noqonuniy muomaladan olingan qurollarning 23 tasi o`tkazilgan targ`ibot tadbirlari natijasida fuqarolar o`z xohishi asosida topshirishgan. Bevosita IIO xodimlari noqonuniy 24 ta qurollar va 180 dan ziyod o`q-dorilarni muomaladan olishdi.

Maxsus profilaktik tadbirlar davomida hududiy tibbiyot muassasalarida soha xodimlariga qurolga egalik qilishga qarshi ko`rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan o`tkazish talablari ham tushuntirilayapti.

Text to speech