10 Yanvar 2023 yil
1055
O’g’ri ushlandi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Ravalliq mahallasida yashovchi S.R. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, noma’lum shaxs uyida hech kim yo’qligidan foydalanib, yotoqxonasidagi javonda bo’lgan 20 ming AQSH dollari hamda 286 million so’mni o’g’irlab ketganligini ma’lum qildi.
Soha xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Do’stlik mahallasida yashovchi J.M. sodir qilgani aniqlandi. Ayblanuvchi hibsxonaga joylashtirilgan. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, ushbu shaxs muqaddam o’g’irlik hamda voyaga yetmaganni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganligi uchun sudlangan.