6 Dekabr 2023 yil 2722

Qutlug` sana arafasida

Mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi nishonlanadigan qutlug` sana arafasida Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi Samarqand mahalla fuqarolar yig`ini ahli hayotida quvonchli va unutilmas voqealar yuz berdi. Ya’ni “Obod mahalla” dasturi bo`yicha hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari nihoyalanib, bir qator ijtimoiy hamda infratuzilma ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Mahalla fuqarolar yig`ini binosi, sun’iy qoplamali sport maydoni, profilaktika inspektorining xizmat uyi kabi bir qator inshootlarning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 

Ana shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, bandlik, aholining ehtiyojmand qatlamiga moddiy va tibbiy yordam ko`rsatish borasida qilingan ishlar qayd etildi. Shuningdek, mazkur ezgu yumushlarga 3- sektor ishchi guruhi qo`shgan hissa e’tirof qilindi. Tadbirda viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov ishtirok etdi.

Text to speech