Huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizlik xizmati JTSB PPX bataloni xodimlari tomonidan Jizzax shahri hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soha xodimlari “Eski shahar bozori” savdo kompleksida targ`ibotlar qilishdi.
Tadbir davomida tadbirkorlar, sotuvchilar va fuqarolar o`rtasida firibgarlik, o`g`irlik, bezorlik, shu bilan birga kiber jinoyatchilik va uning turlari haqida tushuntirishlar berildi. Savdo markazlari, bozorlarda uchrayotgan qonunbuzilish holatlari, ularning sodir etilishiga sabab bo`layotgan omillar tilga olindi. Shu ma’noda savdo jarayonida hushyorlikni oshirish, do`konlarni nazoratsiz qoldirmaslik, atrofda kuzatiladigan salbiy holatlarga befarq bo`lmaslik lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, do`konlar va bozorlarning eshiklariga biror bir jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishiga guvoh bo`lganda ichki ishlar organlariga xabar berish bo`yicha eslatmalar ilinib, fuqarolarga bugungi kunda ko`p uchrayotgan firibgarliklardan himoyalanishga oid flaeerlar tarqatildi.