Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha idoralararo komissiyaning faoliyati tahlil qilindi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha idoralararo
komissiyaning yig`ilishi o`tkazildi. Yig`ilishda kun tartibidagi masala
yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig`i, podpolkovnik Mirzabek Ro`ziqulov ma’ruza qildi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatimiz rahbarining 2017 yil 14 martdagi
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida viloyat
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jamoat tashkilotlari va boshqa mas’ullar
tomonidan “huquqbuzarliklar oqibati bilan kurashish emas, balki, ularning
barvaqt oldini olish” tamoyili asosida ish olib borildi. Fuqarolar tinchligi va
osoyishtaligi, xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan ushbu hamkorlikdagi
tadbirlar ijobiy natijaga erishishda muhim omil bo`ldi.
Yig`ilishda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga
oshirilgan ishlar va yil davomida sodir etilgan jinoyatlar hududlar kesimida
tahlil qilinib, ayrim idora va tashkilotlar o`zlariga yuklatilgan vazifaga
etarli darajada e’tibor qaratishmayotgani tanqid qilindi.
Majlis davomida viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha yo`l qo`yilgan kamchiliklarni hal
etish va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.