14 Dekabr 2023 yil 3862

Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida “Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbiri davom etmoqda

Jizzax viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, targ`ibot tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri davom etmoqda. Mazkur tadbir doirasida viloyat IIB JXX JTSB boshlig`i, podpolkovnik Akrom Misirov Jizzax shahrining Qaliya mahallasida beshlik va hudud faollari, aloqador tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazdi.

Mazkur tadbirda hududda jinoyatchilikka qarshi kurashishning bugungi holati muhokama qilindi. Shu bilan birga qonunbuzarliklarning oldini olishda jamoatchilik rolini oshirish, kafe va restoranlarning tunda belgilangan vaqtgacha faoliyat ko`rsatishini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yangi yil bayrami arafasida mahalla faollaridan iborat guruh tuzilib, tungi vaqtda jamoat tartibini saqlash, qonunbuzarliklarning oldi olishda profilaktika inspektoriga yordam berish zarurligi qayd etildi.

Yig`ilish davomida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Text to speech