20 Avgust 2021 yil
695
Uy ham yo’q pul ham
SHarof Rashidov tumani YAngiobod mahalasida yashovchi fuqaro tuman ichki ishlar bo’limiga murojaat qildi.
Arizada ma’lum qilinishicha, 2020 yilnig may oyida o’ziga oldindan tanish bo’lgan Jizzax shahrining Ravalliq mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro ishonchiga kirib, “tanishlarim orqali Olmazor mahallasi hududida qurilayotgan ko’p qavatli uylardan arzon narxda xonadon olib beraman” - deb, jami 8 million so’m pullarni olgan.
Biroq, shu kunga qadar va’da ham bajarilmagan va pul ham qaytarilmagan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.