25 Mart 2022 yil
755
Uyali aloqa vositalari o’g’irlagandi
Mirzacho’l tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, shu yil 15 martga o’tar kechasi tumanning Mustaqillik mahallasida joylashgan va unga tegishli savdo shoxobchasida o’g’rilik yuz berganligini bildirgan. Jinoyatchi qiymati 13 million 500 ming so’mlik 2 dona uyali aloqa vositasini olib ketgandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o’g’irlik jabrlanuvchining mahalladoshi tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan 1 dona aloqa vositasi hujjatlashtirib olindi.