29 Dekabr 2021 yil
671
O’zganing nomiga kredit olgan
Jizzax viloyati Zafarobod tumani Samarqand mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tumanning Uzun qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi tanishi firib berganligini bildirgan.
Ma’lum bo’lishicha, tanishi bankdan kredit olish jarayonida jabrlanuvchini kafil bo’lishga ko’ndirib, uning nomiga ikkita kredit olgan.
Aniqrog’i, bir bankdan 6,5 million, boshqasidan esa 8,5 million so’m olishga muvaffaq bo’lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.