16 Dekabr 2022 yil
459
Va’dasida turmadi
Jizzax viloyati Zomin tumani Peshag’or mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi I.J. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, G’allaorol tumanining Xonimqo’rg’on mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi I.S. firib berganligini ma’lum qilgan.
Ayon bo’lishicha, I.S. 2019 yilning fevral’ oyida tanishlari orqali jabrlanuvchini “O’zbekiston temir yo’llari” tizimiga ishga joylab qo’yishni va’da qilib, undan 1500 AQSH dollari olgan.
Niyatining ro’yobga chiqishini uzoq kutgan jabrlanuvchi qonun himoyachilariga murojaat qilishga majbur bo’ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.