7 Dekabr 2022 yil 526

Va’dasida turmadi

Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani Paxtazor shaharcha fuqarolar yig’inida yashovchi SH.N. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Jizzax shahri Sayiljoyi mahallasida istiqomat qiluvchi O.Z. unga firib berganligini bildirgan.

Ma’lum bo’lishicha, 2021 yilning mart oyida O.Z. “Birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanamiz”, degan vaj bilan arizachidan 4 ming 700 AQSH dollari olib, va’dasini unutgan.

O’z navbatida pulini ololmagan jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga ariza yozishga qaror qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.  

Text to speech