2 Mart 2022 yil 1177

Vafo va sadoqat kuychisi

Bahor faslining ilk kunida O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludiga 107 yil to’ldi. Joylarda sana munosabati bilan turli tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar o’tkazilmoqda. Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o’quvchilari ham bu kunni keng nishonlashdi. Xususan, litseyning birinchi bosqich o’quvchilari Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo’lishdi. Ilm maskanida yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirish asnosida ijod maktabi o’qituvchilari tomonidan bo’lajak shoir va yozuvchilarning erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumot berildi.

SHu kuni litsey o’quvchilari viloyat bolalar kutubxonasida “Sadoqat va vafo kuychilariga ehtirom” mavzusidagi kitoblar ko’rgazmasida ham qatnashishdi. Tadbirda ular iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug’yonlarining o’tkir bilimdoni qalamiga mansub turli janrlardagi asarlar bilan tanishishdi. SHuningdek, vafo va sadoqat timsoli shoira Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodiga oid bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Bundan tashqari, Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gulchambar qo’yilib, munis va mehnatkash, hayotning har qanday suron va to’fonlari qarshisida o’zini yo’qotmay, sabr toqat va shukronalik bilan yashagan vafo va sadoqat timsoli bo’lmish Zulfiyaxonimnmng porloq xotirasiga hurmat izhor qilindi.

Text to speech