“Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi
IIV Jizzax
akademik liseyida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi. IIV Akademiyasining viloyat
ichki ishlar organlarida bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o`tayotgan
kursantlar hamda akademik lisey o`quvchilari ishtirokidagi mazkur tadbirda oliy
ta’lim dargohining jinoyat huquqi kafedrasi dosenti, podpolkovnik Doniyor
Usmonov ma’ruza qildi. Notiq o`z so`zida vatan muqaddas, uning har qarich
tuprog`i aziz va mo`’tabar ekanligini ta’kidladi.
Tadbir davomida
Akademiya kursantlari oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoni, yaratilgan
sharoitlar va qulayliklar xususida ma’lumot berishdi. Shuningdek, kursantlardan
iborat targ`ibot guruhi tomonidan “Yoshlar orasida giyohvandlik moddalarning
tarqalishining oldini olish” tezkor profilaktik tadbiri doirasida
giyohvandlikning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
Ma’naviy-ma’rifiy
tadbirda lisey o`quvchilari va kursantlar mavzu yuzasidan fikrlarini
bildirishib, o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.