Vatanparvarlik oyligida...
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida Jizzax viloyati IIB JXX JTSBda “Faol mahalla-vatan tayanchi” mavzuida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda mamlakatimizda fuqarolarning davlat boshqaruvini amalga oshirishdagi ishtiroki va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal qilishlarini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy kafolatlar tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani xususida so’z bordi. SHuningdek, aholi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar tilga olindi.
SHu kuni kitob yarmarkasi ham tashkil etilib, IIO xodimlariga mutolaa qilish tavsiya etilgan o’zbek hamda jahon adabiyoti namunalari namoyish qilindi. Osoyishtalik posbonlarining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yanada kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan mazkur tadbir davomida IIO o’zlarini qiziqtirgan turli nomdagi tarixiy, ijtimoiy, huquqiy va badiiy adabiyotlarni xarid qilishdi.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida shaxsiy tarkib SH.Rashidov tumanidagi harbiy qismda ham bo’lishdi va askarlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirishdi. Jismoniy va ma’naviy qobiliyati, intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish maqsad qilingan tadbirda xodimlar harbiy qism muzeyi eksponatlari bilan tanishishdi. SHu bilan birga elektron tirda o’q otish mashg’uloti o’tkazildi. Qisqasi, shu kuni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, tinchlik va osoyishtalikni qo’riqlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o’zaro tajriba almashildi.