5 Oktyabr 2021 yil 703

Vazir o’rinbosari Jizzaxga tashrif buyurdi

Bugun respublika Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev Jizzax viloyatida bo’lib, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, yo’l harakati xavfsizligi hamda probatsiya xizmatlarining faoliyatini o’rgandi. Vazir o’rinbosari dastlab Paxtakor tumani IIB yo’l harakati xavfsizligi bo’linmasi binosida xodimlarning ish sharoitlari hamda fuqarolarga xizmat ko’rsatish imkoniyatlari bilan tanishdi.

SHundan so’ng Zafarobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha 3- sektor shtabida Arnasoy, Mirzacho’l, Paxtakor, Do’stlik va Zafarobod tumanlari ichki ishlar bo’limlari huquqbuzarliklar profilaktikasi mas’ullari hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida yig’ilish tashkil etildi. Tadbirda so’z olgan respublika Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ichki ishlar organlari tizimidagi o’zgarishlar xususida atroflicha to’xtalib o’tdi.

CHunonchi, notiq “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz xonadon” kabi tamoyillarni hayotga tatbiq etish, profilaktika inspektorlarini xizmat uylari hamda imtiyozli kredit asosida avtulovlar bilan ta’minlash, ularning oila a’zolarini ijtiomiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq masalalarga e’tibor qaratdi. SHuningdek, profilaktika inspektorlarining huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyati tahlil etilib, kamchilik va nuqsonlarga yo’l qo’yayotganlar tanqid ostiga olindi.

Tadbirda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ta’magirlik kabi illatlarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan fikrlar bildirildi. YAkunda jinoyatchilikni jilovlashda yuqori samaradorlikka erishayotgan 10 dan oshiq profilaktika inspektorlari faxriy yorliq, pul mukofotlari hamda sovg’alar bilan rag’batlantirildi.

SHu kuni Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullayev Jizzax shahrida ichki ishlar organlarining patrul’-post, yo’l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatlari xodimlari, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi hamda Milliy gvardiyachilar ishtirokida o’tkazilgan kechki yo’riqnomada so’zga chiqdi. Vazir o’rinbosari jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi eng muhim vazifalar yuzasidan mulohazalarini bayon etdi. Xuddi shunday, huquq-tartibot idoralarning salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarga to’xtaldi.

Yo’riqnoma davomida o’z xizmatlarini sidqidildan o’tayotgan ichki ishlar organlarining patrul’-post hamda yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari xodimlari hamda Milliy gvardiyachilar Ichki ishlar vazirligining faxriy yorliqlari ham sovg’alari bilan taqdirlandi. SHundan so’ng yig’ilganlar tungi xizmatga chiqib ketishdi.   

Text to speech