8 Fevral 2024 yil 3788

Vazir o`rinbosari Baxmalda jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid faoliyat tahlillarni o`rgandi

Ayni vaqtda Ichki ishlar vazirining o`rinbosari, polkovnik Zufar Kurbanov Jizzax viloyatida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar sifatini o`rganmoqda. Chunonchi, vazir o`rinbosari Baxmal tumanining Oqtosh mahallasida bo`lib, mahalla ettiligi faoliyati bilan tanishdi. Bu jarayonda aholi muammolarini hal qilish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonunbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va omillarga barham berish kabi masalalarga e’tibor qaratildi. 

Zufar Kurbanov tumandagi bir qator o`rta umumta’lim maktablarida ham bo`lib, voyaga etmaganlar jinoyatchiligining oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini tekshirdi. Shu kuni vazir o`rinbosari tuman IIB shaxsiy tarkibining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid faoliyatini atroflicha o`rgandi. 

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech