Vazir o`rinbosari va boshqarma boshlig`i ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumga tayyorgarligini ko`zdan kechirdi
Ichki ishlar vaziri o`rinbosari, polkovnik Yaxyojon
Abdulxakov hamda viloyat ichki ishlar
boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovlar Mirzacho`l tumanida
ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko`zdan
kechirishdi. Xususan, hududdagi 16-, 9- va 11- o`rta umumta’lim maktablarining
mavsumga shayligi bilan tanishish chog`ida mavjud kamchiliklar ko`rsatildi.
Ularni hal etish bo`yicha tuman mutasaddilariga vazifalar yuklatildi.
Jarayonda mahallalar faollari bilan ijtimoiy-ma’naviy
muhitni sog`lomlashtirish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi
kurashish, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikni
rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish bo`yicha amalga oshirilayotgan
ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, hududdagi “Yashil makon” umummilliy
loyihasi doirasidagi ishlar bilan ham tanishdi. Shu ma’noda “G`alaba”
mahallasidagi “Yoshlar istirohat bog`i”da uyushtirilgan ko`chat ekish hasharida
ishtirok etishdi.