9 Fevral 2024 yil 3951

Vazir o`rinbosari Zomin va Zarbdor tumanlarida bo`ldi

Avval xabar berganimizdek, respublika Ichki ishlar vazirining o`rinbosari, polkovnik Zufar Kurbanov Jizzax viloyatida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar sifatini o`rganmoqda. Chunonchi, vazir o`rinbosari Zomin tumani IIB hamda hududiy ichki ishlar bo`limlarida bo`ldi. Mazkur jarayonda jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholiga davlat xizmatlari ko`rsatish, yo`l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.  

Zufar Kurbanov tumanning “Mustaqillik” va “Qayirma” mahallalaridagi huquq-tartibot maskanlariga borib, hudud faollarining qonunbuzarliklar profilaktikasiga doir faoliyatini o`rgandi. Shuningdek, vazir o`rinbosari Zarbdor tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, aholi turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, mazkur yo`nalishlardagi dasturlarning hayotga tatbiq etilishi jarayonlari bilan tanishdi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech