3 Dekabr 2021 yil 611

Vazir o’rinbosari ommaviy qabul o’tkazdi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Sud’yalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura mas’ullaridan tarkib topgan ishchi guruhi tomonidan sud-huquq masalalariga bag’ishlangan ommaviy qabul uyushtirildi.

Ommaviy qabul avvalida mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jabhalar, shuningdek sud-huquq sohasida kechayotgan islohotlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash xususida atroflicha so’z yuritildi. SHundan so’ng fuqarolarning muammolarini o’rganishga kirishilib, hal qilish choralari belgilana boshlandi. Ayni maqsadda ommaviy qabullarga viloyat hokimligi hamda bir qator boshqarma, tashkilot va korxonalarning rahbar va mas’ullari jalb qilindi.

O’z navbatida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik YAhyojon Abduhakovning qabuli fuqaroligi bo’lmaganlar va yoshlarga shaxsni tasdiqlovchi ID kartalar topshirish bilan boshlandi. Ichki ishlar vazirining o’rinbosariga bo’lgan murojaatlar davomida mulkka oid huquqlarni tiklash, yetkazilgan moddiy zararni qoplash, qonunbuzarni tegishli tartibda javobgarlikka tortish, firibgardan mablag’ yoki mol-mulkni undirish, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlariga oid masalalar ko’tarildi. Bu boradagi muammolarga yechim topish bo’yicha tegishli mas’ullar biriktirilib, hal qilish muddatlari belgilandi.

Text to speech