5 Oktyabr 2023 yil 1763

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari “qizil” toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlarni o`rgandi

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari, polkovnik Yahyojon Abdulxakov hamda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovlar tomonidan Zarbdor tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni o`rgandi. Shu ma’noda tuman ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov guruhi xodimlarining ishlari tahlil qilindi. Tergovchi va surishtiruvchilar xizmat faoliyati davomida inson huquqi va manfaatlarini ta’minlashlari lozimligi uqtirildi.

Bundan tashqari tumanning “qizil” toifada turuvchi “Mustaqillik” mahallasi faollari bilan uchrashdi. Muloqotda hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog`lomlashtirish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag`allikni qisqartirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Aholi punktini “Obod va xavfsiz mahalla”ga aylantirish jamoat tartibi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning mol-mulki daxlsizligini ta’minlash bo`yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

Xuddi shunday Zomin tumanining “Duoba” mahallasi faollari ishtirokida xavfsiz muhitni yaratishning bugungi ahvoli ham ko`rib chiqildi. Tadbirda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, “xonadonbay” o`rganish orqali aniqlangan masalalarni o`z vaqtida hal qilish borasidagi ishlarga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Zomin tumani ichki ishlar bo`limida soha xodimlariga yaratilgan sharoitlar ko`zdan kechirib, amalga oshirilgan ishlar mutasaddilar ishtirokida tahlil qilindi. Kelgusida tumanni xavfsiz hududga aylantirish, joylarda targ`ibot tadbirlarini kuchaytirish, tungi xizmat faoliyati samaradorligini oshirish, bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib borish lozimligi qayd etildi. 

Ichki ishlar vaziri o`rinbosarining viloyatdagi o`rganish ishlari davom etmoqda.


Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech