8 Aprel 2021 yil
835
Velosiped o’g’risiga jinoyat ishi qo’zg’atildi
Ayrimlar harom yo’l bilan topgan pullari yuqishiga ishonadilar va qonunga zid xatti-harakatlarni sodir etishadi. Tabiiyki, bunday qilmish uchun ertami-kech haq to’lashga to’g’ri keladi.
Jizzax shahrining Sangzor mahallasida yashovchi 19 yoshli V.R. Qassoblik mahallasi hududidagi shifoxona qarshisida turgan velosipedni o’g’irlab ketdi. Bu to’g’rida velosiped egasi ichki ishlar organlariga murojaat etganidan so’ng qidiruv ishlari olib borilib, V.R. ushlandi.
Tergovga qadar surishtiruv davomida yigitcha SHarof Rashidov tumani Sovungarlik mahallasida yashovchi YU.S.ga tegishli velosipedni ham o’g’irlagani aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atilgan.