2 Dekabr 2021 yil 783

Velosipedchini urib yubordi

Mirzacho’l tumani hududidan o’tuvchi Zafarobod – Arnasoy – Gagarin 4K-197 yo’lining 75- kilometrida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi.

Mirzacho’l tumanining YAngidala qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi L.Q. boshqaruvidagi “Neksiya” bilan yo’lni velosipedda kesib o’tayotgan velosipedchini urib yubordi.

Jabrlanuvchi, tumanning Toshkent qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi O’.Q. bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o’ng o’mrov suyagining yopiq sinib siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech