7 Mart 2023 yil 517

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

 

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo’linmalarida xizmat qilayotgan aziz opa-singillarimizni, faxriy ayollarimizni go’zallik va nafosat bayrami 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoyev “ Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi bo’lgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu o’nta yaxshilik bo’lib qaytadi. Duogo’y momolarimiz, mushtipar onalarimiz va aziz opa-singillarimiz bu ehtirom va e’tiborning albatta qadriga yetadilar. Ayol qadri, inson qadri ulug’langan yurtda esa, tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror bo’ladi”, deya alohida ta’kidlaganlar.

Darhaqiqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan ko’lamli islohotlar natijasida ayollarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi faolligi kuchayib bormoqda. Qaysiki sohani olmaylik, albatta, u yerda ayollarning yuksak natijalarga erishayotganiga guvoh bo’lamiz. Jumladan, xotin-qizlarimiz ichki ishlar organlarida yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish yo’lida sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishayapti. Ayol xodimalarimizning matonatli xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib qadrlanib, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yo’lidagi ezgu ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu ayyom bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, bahoriy go’zallik va tabassum doimo hamrohingiz bo’lishini tilayman!

Text to speech