4 May 2024 yil 4090

Voyaga etmaganlar va yoshlar jinoyatchiligining oldini olish maqsadida


Sharof Rashidov tumanining “Xayrobod” mahallasida Jizzax viloyati IIB tashabbusi bilan voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi. Hudud aholisi, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ta’lim muassasalari mas’ullari hamda mahallalar ettiliklari ishtirokida uyushtirilgan tadbir avvalida tumanda voyaga etmaganlar va yoshlar ishtirokida sodir etilgan bir qator qonunbuzarliklarning tafsilotlari bayon etilib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar tahlil etildi.

O`z navbatida mavjud nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Mazkur jarayonda yoshlarni ijtimoiy tarmoqning salbiy ta’sirlaridan himoyalash, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, deviant xulq-atvorli voyaga etmaganlar bilan psixologik va profilaktik tadbirlarni o`tkazish, jamoatchilik nazoratini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Yig`ilishda Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov so`zga chiqdi.

Text to speech